Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozogʻistonga boradi
9 avgust kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Shavkat Mirziyoyev 7-8 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozogʻistonga boradi.
Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti 9 avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahridagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev soʻnggi bor Qozogʻistonga bir oy avval, ShHT sammiti sabab borgandi.