HAMAS rahbari Eron poytaxtida oʻldirib ketildi
Tehronda Ismoil Haniya Eronning yangi prezidenti Masud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etgan.

Eron poytaxti Tehronda HAMAS siyosiy yetakchisi Ismoil Xaniya oʻldirildi.
Harakatning oʻzi Isroilning Tehrondagi qarorgohiga uyushtirgan reyd natijasida siyosiy yetakchi Ismoil Haniyaning oʻlganini tasdiqladi, deb yozadi Mehr agentligi Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi bayonotiga asoslanib.
Tehronda Ismoil Haniya Eronning yangi prezidenti Masud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etgan, deya aniqlik kiritmoqda agentlik.
Qayd etilishicha, Ismoil Haniya va uning qoʻriqchilaridan biri ularning qarorgohiga hujum qilinganidan soʻng "shahidlikni qabul qilgan", deb xabar beradi agentlik.
Harakat qarorgohga qilingan hujumni "xiyonat" deb atadi va aybni "sionistlar"ga yukladi. Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi shuningdek, hozirda hodisa yuzasidan tergov olib borilayotganini va uning natijalari keyinroq eʼlon qilinishini taʼkidladi. Isroil tomoni hozircha Falastin harakati Siyosiy byurosi rahbarining oʻlimi haqidagi xabarga izoh bermadi.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 7 oktabrdan beri Gʻazo sektori urush davom etmoqda. Gʻazodagi mahalliy hukumatning iyun oyi oxiridagi maʼlumotlariga koʻra, deyarli 38 ming kishi halok boʻlgan.