platina.uz
Jahon

Venesuelada prezident saylovidan soʻng namoyish va tartibsizliklar boshlandi

Mamlakatni 2013 yildan buyon boshqarayotgan Nikolas Maduroning muxoliflari koʻchaga chiqdi. 

Venesuelada prezident saylovidan soʻng namoyish va tartibsizliklar boshlandi

Venesuelada Nikolas Maduroning saylovlarda gʻolib deb eʼlon qilinishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.

Venesuela Markaziy saylov komissiyasi dushanbaga oʻtar kechasi amaldagi prezident Nikolas Maduroni saylov gʻolibi deb eʼlon qilganidan soʻng uning minglab kishilar Karakas va boshqa shaharlar koʻchalariga chiqib, norozilik bildirishdi.

Politsiya va harbiylar bilan toʻqnashuvlar boshlandi.

“Avvaliga ular prezident Maduro oʻzini gʻolib deb eʼlon qilganiga norozilik bildirish uchun bosh koʻtarishdi. Keyin taranglik kuchaya boshladi, deya xabar beradi BBC nashri Karakasdan.

"Minglab namoyishchilar markazga va prezident saroyiga bir necha kilometr masofani bosib oʻtishdi. Koʻchalarda mashinalar, shinalar, chiqindilar yoqib yuborilmoqda. Namoyishchilar bilan qurollangan politsiya oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi".

Politsiya va harbiylar prezident saroyi atrofidagi koʻchalarni toʻsib, namoyishchilarga plastik oʻqlar va koʻzdan yosh oqizuvchi gaz granatalarini oʻta boshladi.

Namoyishchilar toshlar va benzin solingan shishalar bilan javob berishmoqda.

AQSh va Lotin Amerikasining qator davlatlari saylov natijalarini tan olmadi.

Eslatib oʻtamiz, Nikolas Maduro 2013 yildan buyon mamlakatni boshqarib keladi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid