"Knauf" Oʻzbekiston bozorida ustun mavqega ega deb topildi
Kompaniyaning gipsokarton ishlab chiqarish va sotish bozoridagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etgan.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan "Knauf"ning ustun mavqei eʼtirof etildi.
Qoʻmita tomonidan gipsokarton mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bozorida tahlil oʻtkazildi.
Tahlil natijalariga koʻra, “Knauf Gips Buxoro” MChJning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etganligi munosabati bilan "Raqobat toʻgʻrisida"gi Qonunning 13-moddasiga asosan ustun mavqega ega deb eʼtirof etildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Raqobat qoʻmitasi“Orient Finans” bankiga nisbatan ish qoʻzgʻatgandi. Bunga bankda tashqi reklama vositalarini oʻrnatish huquqini beruvchi hujjatlar mavjud emasligi sabab boʻlgan.