Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisiga oʻrinbosar tayinlandi
Qoʻmitada 2019 yildan buyon ishlab kelayotgan Dilbar Gʻulomova lavozimidan ozod etildi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi.
30 iyul kuni, Din ishlari boʻyicha qoʻmitada tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Prezident maslahatchisi M.M.Kamilov tomonidan Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan Dilbar Gʻulomovani boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi hamda Matluba Kahhorovani Din ishlari boʻyicha qomita raisi oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisidagi Prezidentning Qarori oʻqib eshittirildi.
Maʼlumot uchun, Dilbar Muxamedxonovna 2019 yilda Din ishlari boʻyicha qoʻmitada yangi ochilgan xotin-qizlar bilan ishlash yoʻnalishiga rahbar etib tayinlanib, Qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimida ish boshlagan edi.