platina.uz
Jamiyat

Avgust oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi

Oʻzbekistonda avgust yilning eng quruq oyi hisoblanadi. Oyning birinchi besh kunligida harorat maksimal 45 darajagacha koʻtarilishi mumkin. 

Avgust oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi

Joriy yilning avgust oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda? Oʻzgidromet ehtimoliy ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

Avgust issiq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi besh kunligida kunduz kunlari havo 39-41 darajagacha, janubda 42-44 darajagacha isiydi.

Keyinalik issiq biroz pasayadi va hududning katta qismida birinchi oʻn kunlikning oxirigacha kunduz kungi havo harorati 36-39 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda
40-42 darajagacha boʻladi.

Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda harorat kechalari 22-25 darajadan 17-20 darajagacha, kunduz kunlari 35-38 darajadan 30-33 darajagacha oʻzgarib turadi.

Avgust oyi quruq boʻlishi kutilmoqda. Oylik yogʻingarchilik miqdori meʼyor atrofida, baʼzi joylarda meʼyordan kam boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Oyning uchinchi oʻn kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

Oʻzbekistonda avgust yilning eng quruq oyidir.

Avgust oyida yomgʻirlar juda kam yogʻadi, hududning katta qismida oʻrtacha
1 kundan 3 kungacha biroz yomgʻir yogʻadi, oʻrtacha oylik yogʻingarchilik miqdori esa
1-2 mm dan, Fargʻona vodiysida 3-5 mm dan koʻp boʻlmaydi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir tez-tez yogʻadi va oʻrtacha oylik yogʻingarchilik miqdori baʼzi joylarda 12-15 mm ni, Fargʻona viloyati togʻlarida va Toshkent viloyatining baland togʻlarida 20-22 mm ni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid