platina.uz
Jahon

Afrika va Osiyoning ayrim hududlari yashash uchun yaroqsiz holatga kelishi mumkin

AQShlik olimlar Gʻarbiy Afrika va Janubiy Osiyoni jadal global isish sabab xavfli hududlar sirasiga kiritdi. 

Afrika va Osiyoning ayrim hududlari yashash uchun yaroqsiz holatga kelishi mumkin

Yer sayyorasining ayrim hududlari kelajakda yuqori darajagi issiq ob-havo tufayli yashash uchun xavfli va yaroqsiz boʻlib qolishi mumkin, deydi AQShdagi Perdyu universiteti olimlari CNN telekanaliga.

Mutaxassislar Gʻarbiy Afrika va Janubiy Osiyoni jadal global isish tufayli eng xavfli davlatlar qatoriga kiritishadi.

Iqlim oʻzgarishi boʻyicha modellashtirish va maʼlumotlarga asoslangan tadqiqot natijalariga koʻra, olimlar harorat va namlikning bosqichma-bosqich oshishi dunyoning ayrim mintaqalarida insoniyat uchun xavfli yashash sharoitlarining paydo boʻlishiga olib keladi, degan xulosaga kelishdi. Issiqlik toʻlqinlarining taʼsirini boshdan kechirish ehtimoli yuqori boʻlgan hududlarga aholi zichligi juda yuqori boʻlgan va konditsionerdan foydalanish imkoniyati cheklangan hududlar kiradi.

Olimlarning fikricha, boy davlatlar yaxshiroq yashaydi, ammo global isish ularga ham taʼsir qiladi. Tadqiqotda aytilishicha, "haddan tashqari nam issiqlik markazlar" oxir-oqibat Qoʻshma Shtatlarning ayrim hududlarida paydo boʻladi. "Bugungi chidab boʻlmas issiq yoz kelajakda salqinroq harorat sifatida qabul qilinishi mumkin. Hozir biz boshdan kechirayotgan issiqlik bizning foydamizga oʻzgarmayapti", — deyiladi tadqiqotda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, har yili dunyoda yuqori harorat tufayli 489 mingga yaqin odam vafot etadi. CNN telekanaliga koʻra, haqiqiy qurbonlar soni koʻproq boʻlishi mumkin, chunki issiqlik bilan bogʻliq oʻlimlarni aniqlash juda qiyin. Oʻlimning rasmiy sababi yurak xuruji yoki insult sifatida koʻrsatilishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid