Rossiyada poyezd relsdan chiqib ketib yuk mashinasi bilan toʻqnashdi
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 140 ga yaqin kishi jabrlangan.

Rossiyaning Volgograd viloyatida sakkizta vagon relsdan chiqib ketdi va poyezd yuk mashinasi bilan toʻqnashdi.
"Rossiya temir yoʻllari" maʼlumotlariga koʻra, Mazkur uchastkada poyezdlar harakati toʻxtatildi.
Qoʻlovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi natijasida, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 140 ga yaqin kishi jabrlangan. 15 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 3 nafari bola.
Poyezd bilan toʻqnashib ketgan yuk mashinasi haydovchisi yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan, deyiladi rasmiy xabarda.
Haydovchi shoshilinch tormozni qoʻllagan, biroq masofa qisqa boʻlgani uchun toʻqnashuvning oldini olishning iloji boʻlmagan. Poyezd tezligi 65 km/soat edi.
"Rossiya temir yoʻllari" bu joydagi temir yoʻl aniq koʻrinib turganini va haydovchi uchun oʻtish joyiga yaqinlashganda poyezdning koʻrinishi 1 km dan ortiq ekanligini taʼkidladi.
Hodisa vaqtida poyezdda jami 803 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan tergov qoʻmitasi ish qoʻzgʻatgan.