platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi “Orient Finans” bankiga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

Bunga bankda tashqi reklama vositalarining oʻrnatish huquqini beruvchi hujjatlar mavjud emasligi sabab boʻlgan. 

Raqobat qoʻmitasi  “Orient Finans” bankiga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

“Orient Finans” banki moliyaviy jarimaga tortildi.

Raqobat qoʻmitasiga “Orient Finans” XATB Termiz filiali tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida oʻrnatilgan tashqi reklama vositalarini qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaatni oʻrganish jarayonida, “Orient Finans” XATB Termiz filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Termiziy koʻchasidagi bank ofisi oldida oʻrnatilgan tashqi reklama vositalarining oʻrnatish huquqini beruvchi hujjatlari (pasport, guvohnoma, ruxsatnoma va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar) mavjud emasligi hamda reklama axborotini tarqatish boʻyicha mahalliy hokimliklar bilan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanmasdan kelinganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni 24 va 25 moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan “Orient Finans” XATB Termiz filialiga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgan. Ish natijasi boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Eslatib oʻtamiz, qoʻmita tomonidan avval Ipotekabank, "Korzinka" va boshqalarga ham moliyaviy jarima qoʻllanilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid