platina.uz
Jamiyat

Namanganda davlat banki kassiri 3-qavatdan itarib yuborildi

Mazkur holat boʻyicha Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov Platina.uz saytiga tafsilotlarni ochiqladi.

Namanganda davlat banki kassiri 3-qavatdan itarib yuborildi

Namangan shahar Obihayot mahallasida ijara asosida yashab kelayotgan 22 yoshli X.M.Q. va uning tanishi N.L.N. bilan birgalikda davlat banki kassiri boʻlib ishlagan 21 yoshli M.A.J. bilan oʻzaro tortishish natijasida janjalashgan.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov Platina.uz saytiga maʼlum qilishicha, ular kassirni qasddan oʻldirish maqsadida uy oynasi romiga majburlab chiqarib, uni 3-qavatidan pastga majburan surib, tashlab yuborgan. Shundan soʻng, ular yashirinish maqsadida “Spark” mashinasida voqea joyidan qochib ketib yashiringan.

Bank kassiriga oʻsha paytdap hovlida boʻlgan fuqarolar yordam koʻrsatib, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialiga olib borishgan.

Shifokorlarning dastlabki maʼlumotnomasida kassir jarohatlari ogʻirlik darajasiga koʻra “hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohati” guruhiga kirishi koʻrsatilgan. Hozir unga tibbiy yordam koʻrsatilyapti.

Mazkur holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, X.M.Q. va N.L.N. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid