platina.uz

Maduro Venesueladagi prezidentlik saylovida gʻalaba qozongani eʼlon qilindi

U mamlakatda 2013 yildan beri hukmronlik qiladi. AQSh, Argentina, Chili kabi davlatlar saylovlar haqqoniyligini tan olishmagan.

Jahon
29-iyul 2024 yil
Maduro Venesueladagi prezidentlik saylovida gʻalaba qozongani eʼlon qilindi

Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda 28 iyul kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi, deya maʼlumot berdi Milliy saylov kengashi raisi Elvis Amoroso.

"Saylov byulletenlarining 80 foizini sanab chiqish natijalariga koʻra, Nikolas Maduro 51,20 foiz, Edmundo Gonsales Urrutia 44,2 foiz ovoz toʻpladi", dedi u milliy televideniyedagi brifingda.

Saylovchilarning 59 foizi siyosiy tadbirda ishtirok etdi.

Amoroso maʼlumotlar uzatish tizimiga qilingan xakerlik hujumi tufayli birinchi saylov natijalarini eʼlon qilish kechiktirilganini taʼkidladi. Mamlakat prokuraturasi xakerlik hujumi yuzasidan tergov olib bormoqda.

AQSh, Argentina, Chili kabi davlatlar saylovlar haqqoniyligini tan olishmagan, Eron, Rossiya va Kuba allaqachon Maduroni tabriklashdi. Kosta-Rika ham Maduroning gʻalabasini tan olmasligini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Maduro 2013 yildan buyon mamlakatni boshqarib keladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+