platina.uz
Jahon

Isroil Livanga qarshi keng koʻlamni urush ochishni rejalashtirmayapti

27 iyul kuni Golan tepaliklariga amalga oshirilgan raketa hujumi ikki davlatni urush yoqasiga keltirib qoʻygandi. 

Isroil Livanga qarshi keng koʻlamni urush ochishni rejalashtirmayapti

Isroil Livan bilan keng koʻlamli urush boshlash niyatida emas.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatning yuqori martabali xavfsizlik amaldorlari bilan maslahatlashdi. Unga bir kun avval, 27 iyul kuni Golan tepaliklariga amalga oshirilgan raketa hujumiga javoban harakat qilishning bir necha variantlari taqdim etilgan.

Isroil armiyasi maʼlumotlariga koʻra, Golan tepaliklarida 12 kishi halok boʻlgan. Isroil "Hizbulloh" hujumlarini Eron raketalari yordamida amalga oshirganini daʼvo qildi.

Harakatning oʻzi hujumlarga aloqadorligini rad etdi.

Ynet portalining Isroil rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Livanga qarshi javob zarbasi cheklangan boʻladi. Javob "qattiq" boʻladi, ammo toʻliq miqyosli urushga olib kelmaydi, dedi manba. Biroq, nashr suhbatdoshiga koʻra, "Hizbulloh"ning Isroilning bunday harakatiga munosabati odatdagidan keskinroq boʻlishi mumkin.

Livanning LBSI telekanali manbasiga koʻra, Isroil rahbariyati allaqachon Livanga qarshi javob qaytarishga qaror qilgan. "Hozirda uning hajmi va joylashuvini cheklash boʻyicha ishlar olib borilmoqda", dedi LBSI manbasi.

28 iyul kuni Shimoliy Golan tepaliklaridagi Majdal Shams shahridagi futbol maydoniga uyushtirilgan hujum munosabati bilan Isroil Livandan BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasini bajarishni va Litani daryosi janubidan "Hizbulloh" kuchlarining olib chiqilishini taʼminlashni talab qildi. Livan hukumati Majdal Shamsga qilingan hujumni qoraladi. "Hizbulloh" vakillari avvalroq Isroilning raketaga qarshi mudofaa tizimi otgan oʻq futbol maydoniga tushganini bildirgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid