2024-2025 yil uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Jahon siyosati, huquq va iqtisod, axborot kommunikatsiya sohalari nisbatan qimmat yoʻnalishlar sanaladi.

2024-2025 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi xabar berdi.


Unga koʻra, nisbatan qimmat yoʻnalishlar jahon siyosati, huquq va iqtisod, axborot kommunikatsiya sohalaridir. Sogʻliqni saqlashda kunduzgi yoʻnalishlar 10,5 mln. soʻmdan boshlanadi.
Pedagogika nisbatan arzon yoʻnalish sanaladi (7,4 mln. soʻm)
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari belgilangan tartibga muvofiq joriy yilda qabul qilingan talabalar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.