platina.uz
Sport

Shavkat Mirziyoyev Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Oʻzbekiston tarixida yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida birinchi marta chempion boʻlgan sportchi qizni tabrikladi. 

Shavkat Mirziyoyev Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev dzyudochi Diyora Keldiyorova bilan telefon muloqoti qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda oʻtayotgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida dzyudo boʻyicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari Oʻzbekiston tarixida yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida birinchi marta chempion boʻlgan sportchi qizni tarixiy gʻalaba bilan qizgʻin tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Keldiyorova kosovolik raqibini yengib, Oʻzbekistonga ilk oltin medal taqdim etdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid