Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Tursunali Mamajonov vafot etdi
U Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasiga rahbarlik qilib kelgan.

Bugun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Tursunali Mamajonov 1949 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Marhum Fargʻona viloyati hayvonot bogʻi tashabbuskori, faxriy ekolog boʻlgan.
Uzoq yillar mobaynida Shohimardonda tomoshalar koʻrsatib kelgan. 1-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.