Oʻzbekiston olimpiadada ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi
Diyora Keldiyorova finalda kosovolik raqibini yengdi.

Oʻzbekistonlik Diyora Keldiyorova olimpiada chempioniga aylandi va mamlakatga ilk oltin medalni taqdim etdi.
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi dastlabki oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Dzyudochi boʻyicha -52 kg vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi Diyora Keldiyorova final bahsida kosovalik raqibi ustidan gʻalaba qozondi.
Distriya Krasnichi -48 vazn toifasida Tokio Olimpiadasi chempioni boʻlgan.