Diyora Keldiyorova olimpiada finaliga chiqdi
Oʻzbekistonlik dzyudochi kamida kumush medalni naqd qildi.

Oʻzbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Parij olimpiadasida finalga chiqdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi.
Dzyudochi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining finaliga yoʻl oldi.
U yarim finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, Olimpiya oʻyinlarining oltin va kumush medallari sohibi Amandin Busharni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.