Toshkent shahri va viloyatidagi suv havzalarining holati eʼlon qilindi
Boʻzsuv, Anhor va Boʻrijar kanallaridagi ifloslanish ortgan, Chorvoq suvi esa nisbatan toza deya topildi.

Oʻzgidromet Toshkent shahri va atrofidagi suv havzalari tozaligini oʻrgandi. Unga koʻra, Chorvoq suv ombori suvi nisbatan toza deya topildi.
2024 yilning 23 iyul kuni quyidagi suv obʼektlarida suv ifloslanishi indeksi (SII) boʻyicha kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdoriga yer usti suvlaridan namunalar olindi:
- Boʻzsuv kanali – Teleminora hududi. Mis boʻyicha – 2,1 REM, fenol boʻyicha – 5,0 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,59 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-1,69.
- Angʻor kanali – Kichik xalqa yoʻlidan quyida. Mis boʻyicha – 1,9 REM, fenol boʻyicha – 4,0 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,7 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,41 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-1,48.
- Boʻrijar kanali- Magic city bogʻi hududi. Mis boʻyicha – 1,5 REM, fenol boʻyicha – 3,0 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,74 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar (SII-1,24).
- Salar kanali – Ekoparkdan quyida. Mis boʻyicha – 4,7 REM, fenol boʻyicha – 6,0 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,6 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan.
Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,87 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-2,36.
- Qorasuv kanali – Furqat parki xududi. Mis boʻyicha – 2,1 REM, fenol boʻyicha – 6,0 REM, xrom VI boʻyicha – 1,1 REM va biogen moddalar boʻyicha (BPK5) 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,62 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-2,02.
- Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan. Fenol boʻyicha-3,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,75 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati toza suvlar - II sinf, SII-0,95.
- Tuyaboʻgʻiz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi oʻrta oqimidagi gidrotexnik inshoot. Mis boʻyicha-1,9 REM, fenol boʻyicha-4,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli boʻldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,11 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII-1,43.
Oʻtgan haftaga bilan solishtirilganda Qorasuv kanali, Salar kanali, Tuyaboʻgʻiz va Chorvoq suv omboridagi suv sifati muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi, Boʻzsuv, Anhor va Burjar kanallari bundan mustasno, bu yerda suv sifati biroz yomonlashdi, SII boʻyicha toza suvlarning II-sinfidan - oʻrtacha ifloslangan suvlarning III-sinfiga oʻtdi.
Oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra Toshkent shahri va Toshkent viloyati kanallari va suv omborlaridan olingan suv kimyoviy tahlil koʻrsatkichlari boʻyicha oʻrtacha ifloslangan suvlarga toʻgʻri keladi, Chorvoq suv ombori bundan mustasno.
Maʼlumot uchun: Suv ifloslanish indeksi yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun ishlatiladi. Bu nafaqat turli suv havzalaridagi suv sifatini solishtirish, balki suv sifatining vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.