Rossiyaning Qozogʻistonga yaqin hududida toʻgʻon yorilib ketdi
Chelyabinskda yogʻingarchilik va Kiolim suv omboriga suv oqimining koʻpayishi tufayli toʻgʻonning 100 metr qismi yuvilib ketgan.

Rossiyaning Qozogʻiston bilan chegaradosh hududida odamlar evakuatsiya qilinmoqda. Bunga suv toʻgʻoni yorilishi sabab boʻlgan.
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida kuchli yogʻingarchilik oqibatida suv toʻgʻoni yorildi, qutqaruvchilar Kiolim, Muxametovo, Baydashevo va Karasevo qishloqlari aholisini evakuatsiya qilmoqda, deb xabar beradi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Qorabosh shahar tumanida yogʻingarchilik va Kiolim suv omboriga suv oqimining koʻpayishi tufayli toʻgʻonning qirgʻoq qismining 100 metr qismi yuvilib ketgan, 163 nafar aholi evakuatsiya qilingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qoʻshimcha qilishicha, Chelyabinskning Kiolim qishlogʻida suv sathi pasaymoqda, barcha aholi evakuatsiya qilingan.
"Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari voqea joyida favqulodda vaziyatni tiklash va boshqa shoshilinch ishlarni davom ettirmoqda.
Oqibatlarni bartaraf etish uchun jami 170 dan ortiq mutaxassis va 60 ta texnika jalb qilindi", — deyiladi vazirlik xabarida.