platina.uz
Jamiyat

Namanganda yirik miqdorda hujjatsiz dori-darmonlar partiyasi aniqlandi

Omborxonalarda 1,2 mlrd. soʻmlik hujjatlarsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanayotgan boʻlgan. 

Namanganda yirik miqdorda hujjatsiz dori-darmonlar partiyasi aniqlandi

Namanganda hujjatsiz dori-darmonlarning yirik partiyasi aniqlandi.

Namangan viloyatida 1,2 mlrd. soʻmlik tegishli hujjatlarsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanayotgan omborxonalar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro N.P. Namangan shahridagi “Lola” hamda “Ozod” MFY hududida joylashgan 2 ta tovarlar saqlash omborini ijaraga olib, ushbu omborxonalarda tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 1,2 mlrd soʻmlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid