platina.uz
Jamiyat

YHXBBning 26,5 mlrd. soʻmlik savdolarida qonunbuzilishi aniqlandi

Tender yoʻl belgilari uchun boʻyoqlar va  shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun oʻtkazilgan.

YHXBBning 26,5 mlrd. soʻmlik savdolarida qonunbuzilishi aniqlandi

Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining tender savdolarida qonunbuzilishi aniqlandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Qoʻmitaga Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024 yil 10 iyunda boshlangʻich qiymati 26 mlrd 500 mln soʻmga yaqin oʻtkazilgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Qoʻmita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan oʻrganishlarda tender savdolari yoʻl belgilari uchun boʻyoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun oʻtkazilgani maʼlum boʻldi.

Ishni koʻrib chiqish natijasida, Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga nisbatan tender savdo natijasini haqiqiy emas deb topish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Shuningdek, ushbu qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikni belgilash masalasi koʻrib chiqiladi.

Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid