Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli taʼtilga chiqdi
Prezident 2024 yil 26 iyuldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 26 iyuldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu davlat rahbarining 2024 yilda ikkinchi bor taʼtilga chiqishidir. Avval prezident aprel oyida taʼtilga chiqqandi.
Eslatib oʻtamiz, avval davlat rahbari 2023 yilning dekabr oyida, undan avval esa 2022 yilning yanvarida qisqa muddatli taʼtilga chiqqan.