platina.uz

"Narxoz" Samarqand filiali mansabdori ushlandi

U 2 fuqaroni oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, firibgarlik yoʻli bilan ming dollar olgan.

Jamiyat
26-iyul 2024 yil
"Narxoz" Samarqand filiali mansabdori ushlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bosh muhandisi Sh.X. fuqarolar Sh.Ya. va X.K.ning ishonchiga kirgan va ulardan pora soʻragan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sh.X. ushlangan.

Qayd etilishicha, u Toshkent kimyo xalqaro universitetining Samarqand filialiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga firibgarlik yoʻli bilan ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+