Namanganda issiqlik va issiq suv tariflari qimmatlashadi
2024 yil sentabrdan aholi uchun issiq suv 1 kishiga 1 oyga 22 453,6 soʻm boʻladi.

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi qarori bilan issiqlik va issiq suv tariflarini tasdiqlash boʻyicha qaror eʼlon qilindi.
Unda tariflar mart va sentabr oylarida 15 foizga oshirilishi belgilab oʻtilgan.
Qaror bilan bilan ilovaga muvofiq tariflar tasdiqlandi. Jumladan, markazlashgan issiqlik energiyasi 1m3 uchun bir oyga 2024 mart oyida 1945,8 soʻm, 2024 yil sentabrdan esa 2199,6 soʻm boʻlishi belgilangan. Amaldagi narxi esa 1692 soʻmni tashkil etadi.
Aholi uchun issiq suv 1 kishiga 1 oyga 2024 yil mart oyida 19862,8 soʻm, 2024 yil sentabrdan 22 453,6 soʻm boʻladi. Amaldagi narx esa 17272 soʻmni tashkil etadi.
Byudjet tashkilotlari uchun 1 Gkal issiqlik 2024 yil martdan 287 312 soʻm, 2024 yil sentabrdan 287 312 soʻmni tashkil etadi. Amaldagi narx esa 107 ming soʻm. Ulgurji tashkilotlar uchun ham xuddi shunday narxlar amal qiladi.
Avvalroq Navoiyda yil oxirigacha issiqlik va issiq suv tariflari ikki marta oshishi maʼlum boʻlgandi.