Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxs ham maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Jamiyat
26-iyul, 16:14
Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Raqobat qoʻmitasi Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qoʻzgʻatdi. Bunga jami 2 mlrd. soʻmdan oshiq tender savdolaridagi qonun buzilishlari sabab boʻlgan. 

Raqobat qoʻmitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi  amalga oshirgan 28 ta tender savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta  boshlangʻich narxi 970 mln soʻmga yaqin va 2024 yil I-yarim yillik holatiga 13 ta 1 mlrd 356 mln soʻmlik tender savdolarida buyurtmachi tashkilot (xarid komissiyasi) tomonidan ishtirokchilar (“ISLAMOV TRADER” MChJ,“BERUNIY MEDICAL” MChJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan. 

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, hududiy boshqarma tomonidan buyurtmachiga (Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi) “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgan. Tashkilotga qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi. 

Shuningdek, qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+