Braziliyada ilk bor Oropush infeksiyasidan ikki kishi vafot etdi

Joriy yilda mamlakatda 7 mingdan oshiq kishi ushbu infeksiyani yuqtirib olgan. 

Jahon
26-iyul, 15:17
Braziliyada ilk bor Oropush infeksiyasidan ikki kishi vafot etdi

Braziliyada Oropush infeksiyasidan ilk bor oʻlim holati kuzatildi. 

Baiya shtatining ichki qismidagi ikki qiz kasallik oqibatida vafot etgan. Braziliya Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bemorlarning alomatlari dang bezgagining ogʻir shakliga oʻxshardi.

 Shu bilan birga, ayollarda ogʻir alomatlar kuzatilmagan. Ikkalasi ham 30 yoshdan kichik boʻlgan.

Mamlakat janubidagi Santa-Katarina shtatida Oropush isitmasidan yana bir oʻlim sodir boʻlgan boʻlishi mumkin.

2024 yilda Braziliyada jami 7 mingdan ortiq Oropush infeksiyasi qayd etilgan.

Virusni aniqlashning birinchi holatlari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 2020 yil oktabr oyida qayd etilgan.

Kasallik insonga chivinlar orqali yuqadi. Uning nomi Trinidad va Tobagodagi Oropush daryosi nomidan kelib chiqqan. 

Avvalroq Hindistonda chandipura virusi tarqalgani xabar qilingandi. 

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+