Xorazmda byudjet tashkilotlariga 13 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi

Harbiy qismlardan birining muhandislik tarmoqlarini taʼmirlash uchun 8 mlrd. soʻm beriladi. 

Jamiyat
25-iyul, 14:48
Xorazmda byudjet tashkilotlariga 13 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi

Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining pul ajratish boʻyicha qarori eʼlon qilindi. 

Unga koʻra byudjet tashkilotlari va byudjetdan pul oluvchilarga jami 13 mlrd. soʻmdan oshiq mablagʻ ajratiladi.

Ilovaga koʻra, mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:

- Viloyat fiziatriya va pulmonologiya markaziga 800 mln. soʻm (markaz mobil brigadasi uchun avtobus xarid qilish va uni jihozlash uchun);

- Xivadagi Otchopar majmuasini demontaj qilib, Urganchga koʻchirish uchun 992,9 mln. soʻm viloyat hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" korxonasiga;

- 53008-harbiy qismning muhandislik tarmoqlarini taʼmirlash uchun 8 mlrd. soʻm;

- 2024 yil avgust oyida Xivada qovun sayli festivalini oʻtkazish uchun 2 mlrd. soʻm;

- Urganch shahridagi eski qabullar binosini taʼmirlash uchun 350 mln. soʻm ajratiladi. Shuningdek, viloyat hokimligi  va transport boshqarmasiga ham turli xarajatlar uchun pullar ajratiladi.

Ushub qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari kengashining mahalliy byudjet boʻyicha komissiyasi raisi E.Babajanov zimmasiga yuklangan.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+