Samarqandda elektr korxonasi sobiq muhandisi qoʻlga tushdi

U tadbirkorga alohida elektr tarmogʻi tortib berish, yangi transformator oʻrnatish hamda hujjatlarni rasmiylashtirishni vaʼda qilgan. 

Jamiyat
25-iyul, 10:20
Samarqandda elektr korxonasi sobiq muhandisi qoʻlga tushdi

Urgutda tadbirkorning 7 000 AQSh dollarini qoʻlga kiritgan elektr taʼminoti korxonasi sobiq muhandisi qqoʻlga tushdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda Urgut tumani elektr taʼminoti korxonasi sobiq muhandisi A.N. (muqaddam sudlangan) “Z.H.” MChJ hisobchisi F.N.ning ishonchiga kirib, ushbu MChJning quruq mevani qayta ishlash faoliyati uzluksiz ishlashi uchun 14 000 AQSh dollari evaziga alohida elektr tarmogʻini tortib, yangi transformator oʻrnatishi hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, shundan 7 000 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruv davomida A.N.tomonidan 7 000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+