Oʻzbekiston xavfsiz mamlakatlar reytingida yuqoriladi
Venesuela, Papua Yangi Gvineya, Gaiti, Afgʻoniston va JAR kabi davlatlar eng xavfli deya topildi.

Oʻzbekiston jinoyatchilik darajasi va xavfsizlik boʻyicha reytingda yuqoriladi.
2024 yilning birinchi yarmi natijalariga koʻra, mamlakat dunyoning eng xavfli mamlakatlari reytingida 120 -oʻrinda qayd etilgan.
Oʻzbekiston 71 ball yiqqan, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 66.5ni tashkil etgandi (104-oʻrin).
Jinoyatchilik reytingida qoʻshni Qozogʻiston 45,6 indeks bilan 75-oʻrinni egalladi. Oʻtgan yili Qozogʻiston indeksi 46,4 ballni tashkil qilgan. Yaʼni Qozogʻistonning xavfsizlik darajasi oshgan.
Reytingga jami 146 davlat kiritilgan. Venesuela eng xavfli, Andorra esa eng xavfsiz deb tan olingan. Shuningdek, xavfsiz davlatlar qatorida BAA, Qatar, Tayvan,Ummon, Gongkong kabi davlatlar ham bor.
Xavfli davlatlar qatorida Venesueladan tashqari, Papua Yangi Gvineya, Gaiti, Afgʻoniston va JAR kabi davlatlar bor.