“Navoiyazot”ning Raqobat qoʻmitasi ustidan shikoyati rad etildi

Korxona mineral oʻgʻitlarni nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qoʻymasligi oqibatida jami 20,5 mlrd soʻm asossiz daromad olgani aytilgan. 

Jamiyat
25-iyul, 18:00
“Navoiyazot”ning Raqobat qoʻmitasi ustidan shikoyati rad etildi

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qoʻmitasi ustidan qilgan shikoyatini rad etdi. 

Raqobat qoʻmitasi qarorining qonuniyligi Sud tartibida koʻrib chiqilgan. 

Qoʻmita tomonidan “Navoiyazot” AJga nisbatan  mineral oʻgʻitlarni birja orqali realizatsiya qilishda manipulyatsiya holatlarini sodir etganligi boʻyicha ish qoʻzgʻatilib, Raqobat qonunchiligi talablari buzilgan deb topilganligi hamda qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatma berilganligi toʻgʻrisida xabar berilgan edi.

Qoʻmita tomonidan mineral oʻgʻitlar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan "Navoiyazot" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlangan. 

2021-2023 yillarda mineral oʻgʻit, polivinilxlorid va formalin mahsulotlarini tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qoʻymasligi oqibatida jami 20,5 mlrd soʻm asossiz daromad olingan. 

“Navoiyazot” AJ tomonidan mazkur qaror va koʻrsatma ustidan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga shikoyat qilingan boʻlib, mazkur qaror va koʻrsatmani haqiqiy emas deb topish soʻralgan.

Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2024 yil 23 iyuldagi hal qiluv qarori bilan “Navoiyazot” AJning shikoyati rad etildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+