Eng koʻp maosh oladiganlar yevropalik rahbarlar eʼlon qilindi

Masalan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning oylik daromadi oddiy fuqarolarnikidan 9,5 barobar koʻproq. 

Jahon
25-iyul, 11:42
Eng koʻp maosh oladiganlar yevropalik rahbarlar eʼlon qilindi

Germaniya kansleri Olaf Shols YeIga aʼzo davlatlar rahbarlari orasida eng yuqori maosh oladi, uning daromadi oyiga qariyb 29 ming yevroni tashkil etadi, deb xabar bermoqda VSquare portali.

"Eng yuqori maosh Germaniya kansleri Olaf Sholsnikidir, u yiliga 348 300 yevro yoki oyiga taxminan 29 ming yevro oladi", — deyiladi portalda.

Mutlaq ish haqi boʻyicha ikkinchi oʻrinda Avstriya kansleri Karl Nexammer, uchinchi oʻrinda Lyuksemburg bosh vaziri Lyuk Friden turadi.

Portal maʼlumotlariga koʻra, Shols oʻrtacha Germaniya fuqarosidan 5,9 barobar koʻp maosh oladi.

Bundan tashqari, taʼkidlanishicha, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar orasida oʻz mamlakatidagi oʻrtacha ish haqiga nisbatan eng yuqori maoshni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban oladi, bu koʻrsatkich boʻyicha ikkinchi va uchinchi oʻrinlarda Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso va Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala turibdi. 

Orbanning oylik daromadi 16 ming yevroni tashkil etadi, bu oʻrtacha vengriyalikning maoshidan 9,5 barobar koʻpdir. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+