Tenderlar boʻyicha Maʼnaviyat va maʼrifat markazi munosabat berdi

Raqobat qoʻmitasi markazning 1,4 mlrd. soʻmlik savdolari boʻyicha ish ochgandi.

Jamiyat
24-iyul, 12:14
Tenderlar boʻyicha Maʼnaviyat va maʼrifat markazi munosabat berdi

Raqobat qoʻmitasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan boshlangʻich qiymati 1,4 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan saytlar va mobil ilovalar hamda markazning rasmiy veb-portalini yaratish xizmati boʻyicha tanlov savdolarini oʻrganib chiqqan edi.

Qoʻmita bu tenderlarda “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani alomatlari yuzasidan markazga nisbatan ish qoʻzgʻatgan edi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi maʼlum qilishicha, qadriyatim.uz, tanlov.manaviyat.uz sayti va mobil ilovasini hamda markazning rasmiy veb-portalini yaratish xizmati boʻyicha tanlov savdolari yuzasidan Raqobat qoʻmitasi bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Markaz rasmiy munosabatida bu jarayonlarda muhim hisoblangan barcha hujjatlarni qoʻmitaga toʻliq taqdim etilishi bildirilgan.

"Markaz Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ushbu vaziyatga tezkorlik bilan aniqlik kiritilishini ijobiy holat sifatida baholaydi. Negaki hujjatlarning koʻrib chiqilishi, oʻrganilishi faoliyatdagi shaffoflik, ochiqlikni taʼminlashga xizmat qiladi", deyiladi munosabatda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+