Olimpiada-2024: Oʻzbekistonga kuchli raqibga yutqazdi
Ispaniya termasi guruhda favorit ekanini birinchi oʻyinda isbotladi.

Parijdagi olimpiadada Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi oʻyin bilan ishtirokiini boshladi.
Birinchi boʻlimda har ikkala jamoa ham chiroyli oʻynadi, hisob ham shunga yarasha boʻldi – 1:1. Eldor Shomurodov penaltidan gol urib, tarixga kirdi.
Ikkinchi boʻlimda ham kurash keskin davom etdi. Hatto ispanlarning penaltisini Neʼmatov qaytardi. Ammo hech qancha vaqt oʻtmay, Ispaniya ikkinchi golini kiritdi.
Shu tariqa oʻzbekistonliklar olimpiadani magʻlubiyat bilan boshladi.
Olimpiada-2024, futbol, S guruhi, 1-tur
Oʻzbekiston - Ispaniya 1:2
Gollar: Shomurodov 45+3 pen. - Pubil 28, Gomes 62