KXDR yana Janubga qarata chiqindi sharlarini uchirdi

Ushbu sharlardan biri Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning rasmiy qarorgohi va idorasi hududiga kelib tushgan. 

Jahon
24-iyul, 10:41
KXDR yana Janubga qarata chiqindi sharlarini uchirdi

Shimoliy Koreya 24 iyulga oʻtar kechasi yana Janubiy Koreya bilan chegaraga chiqindi bilan toʻldirilgan sharlarni uchirdi

Ulardan biri Seulning Yongsan tumanida joylashgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning rasmiy qarorgohi va idorasi hududiga kelib tushgan. 

Prezident xavfsizlik xizmati obʼekt topilganidan keyin kimyoviy tekshirish guruhlarini safarbar qilishga majbur boʻlganini aytdi.

"Kimyoviy, biologik va radiologik qurollarga qarshi kurash guruhi axlat toʻplarini muvaffaqiyatli yigʻib oldi", dedi xavfsizlik xizmati AFPga. 

"Tekshiruv natijalari obʼektda hech qanday xavf yoki ifloslanish yoʻqligini tasdiqladi". 

Prezident qarorgohi harbiylar tomonidan qoʻriqlanadi va uning ustida parvozlar taqiqlangan hudud mavjud.

Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi avvalroq Pxenyan yana chiqindi sharlarini uchirganini tasdiqladi va Seul hukumati chorshanba kuni ertalab mahalliy aholini ogohlantirdi.

" Agar chiqindi sharlarini topsangiz, ularga tegmang va eng yaqin harbiy qism yoki politsiya boʻlimiga xabar bering", deyiladi xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, Shimoliy Koreya may oyi oxiri va iyun oyi boshida hham shunday harakatlarni amalga oshirgandi

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+