platina.uz
Sport

Habib Nurmagamedovga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Bunga sportchining federal soliq idoralari oldidagi katta qarzi sabab boʻlgan. 

Habib Nurmagamedovga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

UFC sobiq yulduzi Xabib Nurmagomedovga nisbatan ish ochildi.

Ish sud ijrochilari tomonidan sportchining Dogʻiston Respublikasi Federal soliq xizmati oldidagi qarzi tufayli qoʻzgʻatildi, deb xabar beradi RBK.

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempionining qarzi 79,4 million rublni tashkil qiladi. Maʼlumotni Federal sud ijrochilari xizmati Bosh mintaqalararo (ixtisoslashtirilgan) boshqarmasi matbuot xizmati tasdiqladi.

Shu oy boshida Federal soliq xizmati sobiq chempionning bank hisoblarini hibsga oldi va avvalroq Nurmagomedovga tegishli boʻlgan bir qancha kompaniyalarni yopdi.

Shuningdek, Rossiyaning xayriya jamgʻarmasining akkaunti ham bloklangani xabar qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid