Atlantika okeanida Air Georgia kemasi choʻkib ketdi
Kemada 27 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan, 6-8 kishi halok boʻlgani aytilmoqda.

Atlantika okeani janubida 27 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan Air Georgia baliqchi kemasi choʻkib ketdi, deb yozadi The Guardian.
Kema Muqaddas Yelena bayrogʻi ostida harakatlangan. 21 iyul kuni u portni tark etdi va ertasi kuni favqulodda signal yubordi. Air Georgia oʻshanda Folklend orollarining poytaxti Stenlidan 200 dengiz mili (taxminan 370 km) sharqda joylashgan edi.
14 kishi patrul kemasi tomonidan qutqarilgan, 7 kishi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida. Turli manbalarga koʻra, oltidan sakkiz kishigacha halok boʻlgan.
Accosiated Press agentligining aniqlik kiritishicha, bedarak yoʻqolganlarni qutqarish uchun bir nechta kema va vertolyot olib kelingan, biroq boʻron va kuchli shamol tufayli qidiruv ishlari toʻxtatilgan. Keyinchalik ular qayta oʻtkazila boshlandi.
Kema bortida oʻn nafar ispan, besh nafar indoneziyalik, ikki urugvaylik va ikki nafar perulik, shuningdek rossiyaliklar ham boʻlgan.
Halok boʻlganlarning shaxsi hali aniqlanmagan.