25-29 iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo kuzatiladi
Janubda va choʻl hududlarda harorat 44-45 darajagacha koʻtariladi.

"Oʻzgidromet" Oʻzbekiston aholisini juda issiq ob-havodan ogohlantirdi.
Joriy yilning 25-29 iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha juda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Respublika hududining katta qismida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 44-45 darajagacha koʻtariladi.
Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.