Soxta treningchilar javobgarlikka tortilishi mumkin
"Milliy tiklanish" partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan maʼrifiy faoliyatni tartibga solish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Pul ishlashni maqsad qilgan soxta trenerlarga javobgarlik belgilanishi mumkin.
"Tez boyib ketish" va "oson pul topish yoʻllarini oʻrgataman" kabi eʼlonlar bilan turli vebinar va seminar-treninglar oʻtayotgan shaxslar faoliyati tartibga solinadi.
"Milliy tiklanish" partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan maʼrifiy faoliyatni tartibga solish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Yangi qonun loyihasida ushbu faoliyatni tartibga solish moʻljallangan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritiladigan qoʻshimchalar bilan maxsus bilim va tajribaga ega boʻlmagan yoki faoliyat huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunda maʼrifiy faoliyat tushunchasi ochib berilib, bu faoliyatni amalga oshirish talablari koʻrsatilmoqda. Maʼrifiy faoliyatni olib borish taqiqlangan shaxslar toifasi belgilab berilmoqda. Muhokamalar davomida qonun loyihasi qabul qilindi.
