Poytaxtda yangi qurilayotgan bino yonib ketdi
FVV maʼlumotiga koʻra, jabrlangan va qurbonlar yoʻq.
Jamiyat
23-iyul 2024 yil
![Poytaxtda yangi qurilayotgan bino yonib ketdi](https://cp.platina.uz/media/CACHE/images/IMG_20240723_125954_136.2066fde38f25.webp)
Toshkentda yangi qurilayotgan bino yonib ketdi.
FVV Yunusobod tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida rasmiy maʼlumot berdi.
Bugun, 23 iyul kuni soat 12:35 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sh.Rashidov koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, zudlik bilan 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yongʻin joyiga yetib borib, bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
Ayni damda tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.
Tez orada qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi, deyiladi xabarda.