Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilishi mumkin
Institutning mintaqaviy boʻlinmalari Nukus, Buxoro, Termiz, Samarkand va Fargʻona shaharlarida tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
2024 yil 1 noyabrdan boshlab adliya, yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari boʻyicha yuridik kadrlarni bilim va koʻnikmalarini doimiy oshirib borishni nazarda tutuvchi kredit-modul mexanizmiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi;
Institutning mintaqaviy boʻlinmalari Nukus, Buxoro, Termiz, Samarqand va Fargʻona shaharlarida tashkil etiladi;
-Institutda yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tugatgan va diplom olgan shaxslar yuridik xizmatlarda, davlat xizmatlari markazlari ,fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, cud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik maʼlumot talab etmaydigan lavozimlarda ishlash huquqiga ega buladi;
- Qaror loyihasiga koʻra, Adliya vazirligi Advokatlar palatasi va Notarial palata bilan birgalikda 2025 yildan boshlab har yili “Eng yaxshi advokat”, “Eng yaxshi notarius” va “Eng yaxshi adliya xodimi”, “Eng yaxshi yuridik xizmat hodimi”, “Eng yaxshi arxiv xodimi” nominatsiyalari boʻyicha respublika koʻrik-tanlovini tashkil etishi etadi.
Koʻrik-tanlovning har bir nominatsiya boʻyicha gʻoliblari ularning egallagan oʻrniga qarab, tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 50, 30 va 20 baravari miqdorida bir martalik ragʻbatlantiriladi hamda ushbu xarajatlar Adliya vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Loyiha yuzasidan muhokamalar 4 avgustgacha davom etadi.
