Qozogʻiston va Oʻzbekiston yangi havo yoʻlagini ochdi

Yangi havo yoʻlagi xorijiy aviakompaniyalar uchun Markaziy Osiyo osmonining jozibadorligini oshirishi kutilmoqda. 

Jamiyat
22-iyul, 15:35
Qozogʻiston va Oʻzbekiston yangi havo yoʻlagini ochdi

Qozogʻiston va Oʻzbekiston birgalikda yangi havo yoʻlagini ochdi.

Qozogʻiston va Oʻzbekiston havo hududi orqali oʻtuvchi yangi T916 yoʻnalishi ochildi. Bu Yevropadan Janubi-Sharqiy Osiyoga parvozlar uchun qoʻshimcha yoʻnalishlardan biridir.

Yoʻnalish ochilganidan buyon Yevropadan Janubi-Sharqiy Osiyoga 19 ta reysni amalga oshirdi, biroq yoz mavsumi oxiriga kelib ogʻir foydalanish ehtimoli bor, chunki foydalanuvchilar yangi yoʻnalishga koʻnikishlari uchun biroz vaqt ketadi.

Yangi marshrutdan allaqachon  Lufthansa Cargo (Germaniya), Cargolux (Lyuksenburg), Cargolux Italy (Italiya), Nomad Aviation (Shveysariya), Western Global Airlines (AQSh), Aerologic Cargo Ailrlines (Germaniya) kabi aviakompaniyalar foydalangan.

T916 havo koridorining umumiy uzunligi 2187 km. Ulardan 437 kilometri havo kemalari Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalansa, qolgan 1750 kilometri Qozogʻiston Respublikasi hududidan uchib oʻtadi.

Taʼkidlash joizki, havo qatnoviga xizmat koʻrsatishning yangi T916 yoʻnalishi aviakompaniyalar va Oʻzbekiston Respublikasi aeronavigatsiya provayderi «Oʻzaeronavigatsiya» DUK taklifiga koʻra ochilgan. 

Yangi havo yoʻlagi xorijiy aviakompaniyalar uchun Markaziy Osiyo osmonining jozibadorligini oshiradi, shuningdek, Janubiy Qozogʻiston mintaqaviy havo harakatiga xizmat koʻrsatish markazi havo harakatini nazorat qiluvchi xodimlarga yuklamani kamaytirishga yordam beradi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+