Madaniyat vaziri reklama qilgan doʻkon jarimaga tortildi

Ozodbek Nazarbekovda esa reklama beruvchi, tayyorlovchi yoki tarqatuvchi sifatida ishtirok etganligining alomatlari aniqlanmagan. 

Jamiyat
22-iyul, 16:40
Madaniyat vaziri reklama qilgan doʻkon jarimaga tortildi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov reklamasida ishtirok etgan kiyim doʻkoni jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi. 

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar doʻkoni haqidagi reklama boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilgan edi.

Qoʻmitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatilib,  “Boutique” MChJ  "Reklama toʻgʻrisidagi" Qonunning 16-moddasini, yaʼni reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan maʼqullanganligini koʻrsatish boʻyicha taqiq talablarini buzgan deb topdi.

Natijada, ushbu korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi va qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

Maxsus komissiya tomonidan ishni koʻrib chiqish jarayonida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning reklamada ishtirokini Ozo aniqlanmadi.  

Ozodbek Nazarbekov tomonidan reklamani oʻz shaxsiy ijtimoiy tarmoqlari va boshqa rasmiy tarmoqlar orqali tarqatmaganligi «Reklama toʻgʻrisidagi» Qonuniga asosan reklamaning aylanishi sohasidagi ishtirokchisi sifatida baholanmaydi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+