platina.uz
Jamiyat

"Chorvoq" suv omborida ikki kishi baxtsiz hodisa sabab halok boʻldi

19 yoshli fuqaro suvda skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmagan va qarshisidagi katamaranga borib urilgan.

"Chorvoq" suv omborida ikki kishi baxtsiz hodisa sabab halok boʻldi

Toshkent viloyatida ikki dam olish vaqtida halok boʻldi.

Joriy yilning 20 iyul kuni soat 14:30 larda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi "Chorvoq" suv omborining "Burchmulla" suv havzasiga dam olish maqsadida kelgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmagan. Soʻngra u qarshisidagi katamaranga borib urilgan.

Buning oqibatida katamaranda boʻlgan 2 nafar Fargʻona viloyatidan kelgan fuqaro tan jarohati olgan. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida fuqarolar olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid