platina.uz
Jamiyat

Akademik litseylarga kirish imtihonlari 25–26 iyul kunlari oʻtkaziladi

Imtihonlar maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada boʻlib oʻtadi. 

Akademik litseylarga kirish imtihonlari 25–26 iyul kunlari oʻtkaziladi

Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi.

Kirish test sinovlari 25–26 iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

25 iyul kuni soat 15:00 da;

26 iyul kuni smenada oʻtkazilib:
1- smena soat 9:00 da;
2- smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

- my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga oʻzining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

-yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari soʻraladi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda OTMlarga ham kirish imtihonlari davom etmoqda. Imtihonlar 14 iyuldan boshlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid