Nyu-Yorkda oʻzbekistonlik oilaning 4 aʼzosi oʻldirildi
Oʻldirilganlarning ikki nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Nyu-Yorkning Bruklin shahrida oʻzbekistonlik oilaning 4 nafar aʼzosi oʻldirib ketildi. Bu haqda CBS xabar berdi.
Oʻldirilganlarning ikki nafari voyaga yetmagan bolalardir. Ular Bersonxerst hududidagi kvartirada pichoqlangan holda topilgan.
Politsiya gumonlanuvchini qoʻlga olgan. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, 24 yashar qotillikda gumonlanayotgan shaxs oilaga begona emas.
U 56 yashar onasi, akasining 27 yashar ayoli va 4 va 5 yoshli jiyanlarini oʻldirganlikda gumon qilinmoqda.
Gumonlanuvchi yashash xonasida onasini qonga belangan holda qoldirib ketgan, oʻldirilgan ayolini choyshabga oʻrab qoʻygan va ikki bolaning jasadini qochib ketishdan oldin shkafga xaltalariga solib qoʻygan, deydi politsiya.
The New York Post gumonlanuvchining ruhan nosogʻlom boʻlishi mumkinligini qayd etmoqda.