Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini eʼlon qildi
Vitse-prezident Kamala Xarris uning oʻrnini bosadigan asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda.

AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden 2024 yilgi prezidentlik saylovlarini tark etishini eʼlon qildi.
Tegishli bayonot Baydenning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilindi. Oʻz navbatida u amaldagi muddatini oxirigacha yetkazadi.
Endi demokratlar Donald Trampga qarshilik koʻrsatadigan boshqa nomzod topishlari kerak boʻladi. Reuters`ga koʻra, vitse-prezident Kamala Xarris uning oʻrnini bosadigan asosiy nomzod hisoblanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Baydening fiziologik holati turli muhokamalarga sabab boʻlayotgandi. Bundan tashqari Trampga suiqasddan keyin Respublikachi nomzodning obroʻsi ham keskish oshdi.
AQShning 46-rahbari boʻlgan Bayden 1942 yilda tugʻilgan. U 81 yoshni qarshi oldi.