Bakalavr va magistratura uchun davlat granti miqdori eʼlon qilindi
Magistratura uchun grantlar oʻtgan yilga nisbatan oshgani qayd etilgan.

Bakalavr va magistratura uchun davlat grantida qabul kvotalari tasdiqlandi.
Prezidentning 2024 yil 19 iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.
Unga koʻra, bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti oʻrinlari ajratildi.
Jumladan:
bakalavr kunduzgi taʼlim shakliga – 34 838 nafar;
magistratura boʻyicha – 9 365 nafar grant oʻrinlari ajratildi.
Taʼkidlash kerakki, oʻtgan 2023-2024 yilgi mavsumda bakalavriat boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga 34 860 nafar, magistratura boʻyicha 8 923 nafar etib tasdiqlangandi. Yaʼni bakalavr uchun grantlar biroz kamaygan, ammo magistratura uchun esa koʻpaygan.