Tramp Zelenskiy bilan gaplashdi va "urushga barham berishini" aytdi
Ikki siyosatchi oʻzaro uchrashuv boʻyicha ham kelishib olgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan telefonda gaplashdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmogʻidagi suhbati haqida gapirdi, deb yozadi "Ukrainskaya pravda".
" Biz prezident Tramp bilan shaxsiy uchrashuvda qanday qadamlar tinchlikni adolatli va chinakam mustahkam qilishi mumkinligini muhokama qilishga kelishib oldik", deb yozdi Zelenskiy.
AQShning sobiq prezidenti, bu yilgi saylovlarda nomzodlardan biri Donald Tramp ham oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida suhbat tafsilotlarini oshkor qildi.
"Men prezident Zelenskiydan uning qoʻngʻirogʻi uchun minnatdorman, chunki men AQShning keyingi prezidenti sifatida dunyoga tinchlik oʻrnataman va koʻplab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan va son-sanoqsiz begunoh oilalarni vayron qilgan urushga barham beraman. Bu zoʻravonlikka barham beradi va farovonlikka yoʻl ochadi", dedi Tramp.
Eslatib oʻtamiz, Tramp prezidentlikka kelsa Ukrainadagi mojaroni bir kunda hal etishi haqida gapirib keladi.