Oktabr oyining birinchi haftasi qatagʻon qurbonlarini yod etish sifatida nishonlanadi
Qatagʻon boʻlganlarning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha komissiya tuziladi.

Har yili oktabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.
“Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-270-son, 19.07.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021–2024 yillar davomida Oliy sud tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatagʻon qyrbonlarining nomlari oqlangan.
Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlganlarning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Xalqning mustaqillikka erishish yoʻlidagi koʻp asrlik mardona kurashi, bu yoʻlda ciyosiy qatagʻonga uchragan yurtdoshlarning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari, davra suhbatlari, taʼlim muassasalari va mahallalarda uch avlod uchrashuvlari tashkil etiladi.
“Jadidlar.uz” elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtariladi va platforma yangi elektron adabiyotlar, tarixiy manbalar, jadid matbuoti namunalari va audiovizual mahsulotlar bilan boyitiladi.
Taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan “Mustaqillik darslari” doirasida qatagʻon qyrbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.
