platina.uz
Jahon

Jahondagi kompyuter tizimlarida yirik nosozlik roʻy berdi

Oqibatda bir qancha aviakompaniyalar ishi toʻxtab qoldi, London birjasida uzilishlar boʻlmoqda. 

Jahondagi kompyuter tizimlarida yirik nosozlik roʻy berdi

Butun dunyodan aviakompaniyalar, banklar va yetakchi ommaviy axborot vositalarini boshqarishda foydalaniladigan kompyuter tizimlarida yirik nosozlik roʻy berdi.

Texnik muammo AQShning CrowdStrike kiberxavfsizlik firmasiga tegishli.

Avstraliyada bu Microsoft noutbuklari bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqardi, koʻplab qurilmalar qayta ishga tushirildi va "koʻk ekranda xatosi" xabari koʻrsatildi.

Dasturiy taʼminotdagi nosozliklar tufayli aviakompaniyalar va aeroportlar reyslarni ommaviy ravishda bekor qilmoqdalar - allaqachon joʻnab ketgan samolyotlar esa favqulodda qoʻnish uchun joy izlamoqda.

IT-tizimlari faoliyatidagi ommaviy uzilishlar sababi hali aniqlanmagan, biroq Microsoft oqibatlarini yumshatish uchun choralar koʻrayotganini aytdi.

Britaniyaning temir yoʻl kompaniyalari ham "yirik IT muammolariga" duch kelayotganini aytishmoqda.

Sky News telekanali jonli efirni toʻxtatishga majbur boʻldi. London fond birjasida ham uzilishlar kuzatilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid